Avval habar berganimizdek…
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Farg’ona viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasiga asosan, joriy yilning 3-aprel kuni soat 10:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Farg’ona viloyatiga tashrif buyurdi.

A.P.Chexovning «Jon achchig’ida» asari asosida rejissyor Shohruh Yo’ldoshev tomonidan saxnalashtirilgan «Monolog» spektakli Farg‘ona davlat universitetining talabalariga namoyish etildi.





Spektakl namoyishidan so’ng, tomoshabinlar ijodjkorlar bilan esdalik uchun suratga tushishdi!


Jizzax viloyat musiqali drama teatrining matbuot xizmati.
No responses yet