«MONOLOG» spektakli Namanganda…

Avval habar berganimizdek…


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Namangan viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasi yuklangan.

Joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Namanganlik teatr ixlosmandlariga A.P.Chexovning «Jon achchig’ida» asari asosida rejissyor Shohruh Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan «Monolog» spektakli namoyish etildi.

Jizzaxlik ijodkorlar tomonida namoyish etilgan mazkur spektakl tomoshabinlarning gulduros olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Shu bilan teatr jamoasining vodiy bo’ylab qilgan ijodiy safari o’z nihoyasiga yetdi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining matbuot xizmati.

Tags:

No responses yet

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Latest Comments

Нет комментариев для просмотра.