
“O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash” maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida hamda viloyat hokimining 2025-yil 4-iyundagi 01-898-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali drama teatrida 2025-yil iyun-avgust oylarida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida reja-jadval ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Halima Ahmedovaning “Yarimta olma” asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol” nomli spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.
27-28-iyun kunlari O‘tkir Hoshimov asari asosida rejissyor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan “To‘ylar muborak” spektakli namoyish etildi.

Shuningdek, chekka hududlarda yashovchi aholi uchun spektakl namoyishlari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 24-iyun kuni viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Paxtakor tumanida bo‘lib, Sharof Boshbekov asari asosida rejissyor Shoxruh Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Zo’rdan zo‘r chiqsa” spektakilini, 26-iyun kuni Zafarobod tumanida bo‘lib, Halima Ahmedovaning “Yarimta olma” asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol” nomli spektaklni namoyish etishdi.

Teatr binosida 11-iyul kuni Anton Pavlov Chexovning asari asosida rejissyor Shoxruh Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayiq” spektakli namoyish etildi. Ushbu sahna asarida chin insoniy munosabatlar haqida hikoya qilinadi. Asar qahramoni Smirnov tanishiga bergan qarzini so‘rab uning uyiga keladi.Tanishining bevasi turmush o‘rtog‘ini qazo qilgani, ayni vaqtda qarzni to‘lash imkoniyati yo‘qligi sababli boshqa kuni kelishini aytadi. Smirnov bank foizini bugun to‘lashi kerakligi agar to‘lamasa xonavayron bo‘lishini, ustiga ustak barcha qarz olganlar o‘z qarzlarini turli bahonalar bilan qaytarmayotganini ma’lum qilib xunobi oshadi. Shundan so‘ng u pullarini undurmaguncha Popovaning uyidan ketmaslikka qaror qiladi. Shu zaylda Smirnov va Popova o‘rtalarida keskin munosabatlar yuzaga keladi. Tortishuvlar natijasida har ikki qahramon xarakteri namoyon bo‘ladi va oxir-oqibat bahs muhabbatga aylanadi.

Spektaklda muhabbat har narsaga qodir, u insonni ezgulikka yetaklaydi degan g‘oya ilgari suriladi.
