Nuroniylar uchun madaniy hordiq


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nuroniylarni har tomonlama qo’llab quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar” dasturi ijrosini taminlash va ularning vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyat nuroniylar jamg’armasi hamkorligida yozuvchi Turob To’la qalamiga mansub «Nodirabegim» spektaklining namoyishi bo’lib o’tdi.