Festival ta’surotlari

Joriy yilning 3-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shu yilning 22-30-oktabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida bo‘lib o‘tgan Turksoy Turkiy madaniyat Xalqaro tashkilotining »TEATRALL» ||-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etib O‘zbekiston san’ati nufuzini yanada baland qilib yuqori natijalarni qo‘lgan kiritib kelgan, Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasini tabriklash va festival jarayonlari bilan bilan o‘rtoqlashildi. Tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari Sundor Sultonovich so‘zga chiqib erishilgan g‘alaba bilan jamoani qizg‘in muborakbot etar ekan
-Bu g‘alaba nafaqat sizni balki viloyatni yutug‘i, bu g‘alabalar boshlanishi bo‘lsin, doimo bundanda yuqori g‘alabalarni qo‘lga kiritib yurtimizni madaniyatini va teatr san’atini butun dunyoga namoyish qilish nasib qilsin- deb so‘zini davom ettirdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda davom etdi.

jizzax viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati