Jizzax viloyat musiqali drama teatri Qozog’iston Respublikasida Xalqaro festivalda…

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi joriy yilning 22- oktabirdan 30-oktabirgacha Qozog’iston Respublikasi Astana shahrida Qozog’iston Respublikasi xalq artisti Azarbayjan Mambetov tavalludining 90 yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan «TEATRALL» ikkinchi xalqaro teatr festivalida ishtirok etdi.

Ushbu vestivalda oltita davlatdan tashrif buyurgan teatr jamoalari o’zlarining turli janirdagi spektakllarini namoyish etishdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi xam Sulton Raev qalamiga mansub «Toj» spektaklini namoyish etishdi. Rejissyor Farxod Boynazarov tomonidan saxnalashtirilgan ushbu spektakl mutaxasislar tomonidan iliq kutib olindi. Festival so’ngida mutaxasislar tomonidan munosib taqdirlandi. teatr ijodiy jamoasiga Qozog’iston Respublikasi Astana shahar hokimligining mahsus diplomi va bundan tashqari festival tashkilotchilari tomonidan Qozog’iston xalq artisti Azarbayjan Mambetovning 90 yillik mahsus ko’krak nishoni taqdim etildi. Festivalda shuningdek spektakl rejissyori Farhod Boynazarov TURKSOY Xalqaro tashkilotining «CHingiz Aytmatov» nomidagi Xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. festival doirasida «Toj» spektakli mutahasislar tomonidan «ENG YAXSHI REJISSYORLIK ISHI» deya e’tirof etildi. Bundan tashqari festival doirasida ijodiy jamoalar bilan o’zaro do’stlik va ijodiy hamkorliklar yuzasidan xam fikir almashildi. Umuman olganda ushbu festival, ijodiy yutuqlar va barchada iliq ta’surotlar qoldirdi deyishimiz mumkin.

Mirjalol Shayzakov
Jizzax viloyat musiqali drama teatri yosh aktyori