Yangiobodda konsert dasturi o‘tkazildi

Yangiobod bolalar musiqa va san’at maktabida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan konsert-dasturi uyushtirildi.

Mazkur konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida tashkillashtirildi.

Tadbir davomida yangragan kuy qo‘shiqlar hamda so‘z ustalarining chiqishlari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.