«Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektakli davlat qabuliga namoyish etildi…

#taqdimot
Joriy yilning 20-may kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektaklini Madaniyat va turizm vazirligidan kelgan bir guruh soha mutaxassislari ko‘rigiga namoyish etishdi.

Mazkur asar Fransuz dramaturgi Jan Batist Molyerning “Zo‘raki tabib” pyesasi asosida o‘zbek dramaturgi Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan.

Mutaxassislar spektaklni katta qiziqish va e’tibor bilan tomosha qilishdi. Spektakldan so‘ng o‘zlarining spektakl haqidagi fikirlarini bildirib o‘tishdi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng spektakl bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.