«Ko‘ngil shuni istaydi. Ko‘nglim shundan xotirjam…» — teatr OAV nigohida

Yosh, umidli rejissor Umid Nurmatov bilan teatr va ijod xususidagi suhbat «Jizzax ovozi» gazetasining 2023-yil 20-may kungi 20-sonida chop etildi.


    

Suhbatda rejissoyor shunday deydi: «Ochig‘ini aytsam, hech bir san’at turi teatrning o‘rnini bosa olmaydi. Chunki, odamiylikning go‘zal fazilatlarini targ‘ib qilishda sahna asarlarining ta’siri benihoya kuchli. Shu kasbni tanlaganim,  yuragim amri,  desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Nima uchun rejissorlik kasbi… chunki, ko‘ngil shuni istaydi. Ko‘nglim shundan xotirjam…»