Xalqaro kelishuvga erishildi

Xabaringiz bor, yaqindagina «Yevroosiyo» xalqaro teatr festivali bo’lib o’tdi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatri direktori Gʻulom Darxanov va teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldoshevlar joriy yilning 28 may kuni Toshkent shaxrida «Yevroosiyo» xalqaro teatr  festivalida ishtirok etib, Sankt-Peterburg Vasilyev orolchasi davlat drama teatri bosh rejissyori Ruslan Tamaziyevich bilan xalqaro ijodiy kelishuvni yo‘lga qo‘ydi.

Ijodiy suhbat davomida Ruslan Tamaziyevichni joriy yilning avgust oyida Jizzax shahriga tashrifi kelishib olindi va teatr ijodkorlari bilan yangi spektakl sahnalashtirish borasidagi ishlari rejalashtirib olindi.

O‘ylaymizki, ushbu kelishuv kelajakda Jizzax teatri uchun katta o‘zgarishlar va yangiliklarga boy bo‘ladi.