Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yosh tomoshabinlar uchun maxsus sovg‘a hozirlamoqda!
Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari Xamroz Mahmudov tomonidan sahnalashtirildi.
O‘qimasdan turib bir kasbning boshini tutib bo‘lmasligini Hoshimjon misolida ko‘rish mumkin. Bilimsizlikka hatto sehrli qalpoqcha ham chora bo‘la olmaydi.
Sehrli qaloqcha bilan talay sarguzashtlarni boshdan kechirgan Hoshimjon spektakl so‘ngida bunga amin bo‘ladi va qunt bilan o‘qishga qaror qiladi.
Teatr jamoasi yosh tomoshabinlarni ertaga, 1-iyun kuni soat 15:00 da kutib qoladi.