«ZO‘RDAN ZO‘R CHIQSA» spektaklining premyerasiga tayyorgarlik avjida

Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” spektaklini Madaniyat va turizm vazirligidan kelgan bir guruh soha mutaxassislari ko‘rigiga namoyish etilgani haqida xabar bergan edik.

3-iyun kuni saot 18:00 da mazkur spektaklning premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, «ZO‘RDAN ZO‘R CHIQSA» satirik komediya. Muallif: Sh.BOSHBEKOV

Sahnalashtiruvchi rejissyor: Sh.YO‘LDOSHEV, Sahnalashtiruvchi rassom: A.ABDULLAEV.

Bosh rollarda: Dilshod Normatov  hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist

Abduraim Lapasov.

Rollarda: Eldor Kengashev, Nargiza Mirzayeva, Dilnavoz Oltinbekova, Baxtiyor Xolmatov, Mirjalol Shoyzoqov. Jasur Xazratqulov, Vazira Mirzayeva, O‘lmasxo‘ja Ilxomov, Dilshoda Rahmatova, Farrux Ismoilov, Gulzoda Yo‘ldosheva, Sanjar Mustapov, Saodat Xojiyeva.

Eslatib o‘tamiz❗Premyera kuni spektakl namoyishiga kirish bepul.

Teatr ijodiy jamoasi mazkur spektakl premyerasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.  Quyida repetitsiya jarayonidan lavhalarni ko‘rishingiz mumkin.