Konsert dasturlari namoyish etilmoqda

Viloyat hokimi, viloyat muvofiqlashtiruvchi guruh raisining 2023-yil 24-maydagi 01-827-sonli yig‘ilish
bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatdagi bolalar yozgi dam olish
oromgohlarida boshqarma tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.

Jizzax viloyati musiqali drama teatri tomonidan mazkur reja asosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Sharof Rashidov oromgohida dam oluvchi bolajonlar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Teatr ijodiy xodimlarining chiqishlari bolajonlarga manzur bo‘ldi.