Teatr ijodkorlari ijodiy uchrashuvlarda

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ijodkorlari yozgi ta’til kunlarida ham aholining madaniy hordiq olishi, ma’anaviyatini boyitish yo‘lida xizmat qilishmoqda.

Teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, shoir Abduraim Lapasov Toshkent shahridagi “Qichqiriq” MFYda bo‘lib o‘tgan “Mahalla — ma’rifat maskani” nomli tadbirda o‘z mualliflik kitoblari hamda chiqishlari bilan ishtirok etdi.

Abduraim Lapasov ijro etgan Turob To‘laning “Nodirabegim” hamda Turob Maqsudning “Sovuq shamol abadiy esmaydi” asarlaridan parchalar tadbir ishtirokchilariga birdek manzur bo‘ldi.

Shuningdek, Abduraim Lapasov o‘zining “Umr daraxti” nomli kitobidan  tadbir qatnashchilariga sovg‘a qildi.

Tadbirdan tayyorlangan lavhari ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin https://t.me/jizzaxteatr_group/2535