Turkiyada o‘tkazilgan XVI Ethos Ankara xalqaro teatr festivalida O‘zbekistonlik teatr aktyorlari ishtirok etdi. “Ko‘chki” spektaklini namoyish etgan teatr aktyorlari Anqarada san’at ixlosmandlarini lol qoldirdi.
Turkiyada faoliyat yurituvchi Madaniyat san’at va migratsiya faoliyatlari markazi uyushmasi (KÜSAGEM) tomonidan uyushtirilgan 16. Ethos Ankara xalqaro teatr festivali 2024-yilning 17-27-oktabr kunlari “Sevgi” mavzusida o‘tkazildi. Anqaraning Chankaya tumanida o‘tkazilgan festivalda dunyoning ko‘plab davlatlaridan teatr san’atkorlari ishtirok etar ekan, O‘zbekistondan teatr aktyorlari «Ko‘chki» nomli spektakl bilan tomoshabinlar qarshisiga chiqdi. Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl teatr ixlosmandlarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Chankaya tumani Yilmaz Güney sahnasida tomoshabinlar qarshisiga chiqqan o‘zbekistonlik teatr aktyorlari, turk teatrining atoqli yozuvchilaridan Tunjer Jujeno‘g‘lining 1987 yilda yozilgan «Chig‘» spektaklini namoyish etdi. Kubilay Erdelikara boshchiligida o‘zbek teatrida sahnalashtirilgan spektaklning turkcha tarjimasi bir vaqtning o‘zida ekranda aks ettirildi.
“Biz madaniy aloqalarimizni mustahkamlamoqchimiz”
Namoyishdan so‘ng “Turk Avaz” bilan suhbatda Jizzax viloyati Yunus Rajabiy nomidagi musiqali drama teatri direktori G‘ulom Darxanov Turkiyada bo‘lishdan mamnun ekanliklarini bildirdi. Yuz yildan ortiq tarixga ega Jizzax viloyati musiqali drama teatri tomonidan uyushtirilgan ilk Yevropa safari Turkiyada o‘tkazilganiga e’tibor qaratgan Darxanov, “Avvalo, Madaniyat vazirligiga, Jizzax viloyati hokimligiga minnatdorchilik bildiramiz. Biz Turkiyaga shu muassasalar yordami bilan keldik. Teatrimiz 103 yillik tarixida ilk bor Turkiyadagi tadbirda ishtirok etdi. Bu hech qachon unutilmaydigan tarixiy lahzadir. Shuningdek, Turkiya biz uchun juda qadrli davlat. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bizni rasman tan olgan birinchi davlat Turkiya bo‘ldi. Turkiya bilan aloqalar kundan kunga mustahkamlanib bormoqda. Biz san’atkor sifatida Turkiya bilan madaniy aloqalarimizni yanada mustahkamlamoqchimiz. Biz begona emasmiz – Nasabimiz bir, tilimiz bir, ajdodimiz bir, demak, aka-ukamiz. — dedi u.
Anqarada namoyish etgan spektaklga baho bergan Darxanov, “Ko‘chki” juda mazmunli va kuchli asar. O‘n to‘rt kunlik qisqa muddatda tayyorlanib, tomoshabinlar e’tiboriga havola qildik. Biz spektaklni muvaffaqiyatli ijro etdik. Teatr aktyorlarimiz va turk san’at ixlosmandlariga minnatdorchilik bildiramiz. Bundan tashqari, Turkiyada turli shartnomalar tuzdik. Hamkorligimiz kelishuvga muvofiq davom etadi. Umid qilamanki, yana Turkiyaga kelamiz va spektakllarni namoyish etishda davom etamiz. Bizni Turkiyada yaxshi kutib olgani uchun Festival rahbariyatiga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”. — dedi u.
“Biz madaniy bayram o‘tkazdik”
Teatr tomoshasidan keyin “Turk Avaz” bilan suhbatlashgan “16. Ethos Ankara xalqaro teatr festivali” qo‘mitasi raisi U Hakan Serhan Sarıkaya o‘z nutqida o‘zbekistonlik teatr jamoasini qabul qilishdan mamnunligini bildirdi. Doktor “Ko‘chki” deb nomlangan asar o‘ttizdan ortiq tilga tarjima qilinganini aytdi. Sarikaya, spektaklning O‘zbekiston teatr aktyorlari tomonidan tomoshabinlarga taqdim etilganidan juda xursand bo‘lganliklarini ifoda etib, “Festivalimizda jami yigirma beshta teatr jamoasiga mezbonlik qildik. Turkiyaning turli viloyatlari va dunyoning turli davlatlaridan kelgan teatr san’atkorlari bilan madaniy bayram o‘tkazdik. Ushbu festival doirasida madaniy ko‘priklar qurdik. Albatta, festivalimizga o‘z hissasini qo‘shgan muassasalarimiz, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda bunga erishdik. Shu sababdan festivalimizni qo‘llab-quvvatlagan Anqara shahar hokimligi, Chankaya hokimligi va nodavlat tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz”. — dedi u.
So‘zlarida davom etgan Sarikaya O‘zbekiston teatr jamoasiga alohida to‘xtalib ochib, “Ko‘chki” spektaklini ijro etgan Jizzax teatri aktyorlariga minnatdorchilik bildirdi. Bu ularga boshqacha nuqtai nazar berganligini ta’kidlagan Sarıkaya, «Bu juda yaxshi sahna asari edi. Ular bayramimizga rang-baranglik qo‘shdilar. Ular bizga boshqa nuqtai nazarni berdi. «Men butun teatr jamoasini tabriklayman.» — dedi u.
Festival qo‘mitasi raisi Dr. Xoqon Serhan Sarıkaya tomonidan oʻzbekistonlik teatr aktyorlariga esdalik nishoni topshirildi. Tadbir festival ishtirokchilari va teatr ixlosmandlari ishtirokida suratga tushish bilan yakunlandi.
Rejissyor Qubilay Erdelikara tomonidan suratga olingan “Ko‘chki” spektaklida Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov, Roziya Eglikova, Jamila Dehqonova, Vazira Mirzayeva, Nargiza Mirzayeva, Sarvar Mustanov, Xamroz Mahmudov, Dilxumor Aliyeva, Eldor Kengashevlar bosh rollarni o‘ynashdi. Ikkinchi Darajali rollarda O‘lmasxo‘ja Ilhomov va Baxtiyor Xolmotovlar o‘rin olgan bo‘lsa, spektaklning rassomi O‘zbekistonning taniqli teatr arbobi Baxtiyor To‘rayev edi. Ushbu qiziqarli spektaklning tarjimasini O‘zbekiston teatrlar ittifoqi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri dots. Oybek Veysal o‘g‘li.
«Ko’chki» ning qisqacha mazmuni
Tuncer Juceno’g‘luning haqiqiy voqea asosida yozilgan “Ko‘chki” asari insoniyatning borliq uchun kurashini ifodalaydi. Mana “Ko‘chki”ning qiziqarli hikoyasi:
“Har tomondan katta tog’lar bilan o’ralgan qishloqda odamlar baland ovozda gapirmaydilar, baland ovozda kulmaydilar. Chunki ular tovush to‘lqinlari qor ko‘chkisini keltirib chiqarishi mumkinligiga ishonishadi. Bunday noodatiy vaziyatda ko‘chki xavfi yilning to‘qqiz oyi davomida saqlanib qoladi. Qishloq aholisi bor-yo‘g‘i uch oy davomida baqirib, qurol ishlatib, to‘y o‘tkazib, chaqaloq tug‘ishi mumkin. Biroq qishloqdagi bir oila “ko‘chki” xavfi kuchaygan bir paytda chaqaloq kutmoqda. Bu begunoh go‘dak dunyoga kelar ekan, ham go‘dakning hayotini saqlab qolish, ham qishloqni “ko‘chki” xavfidan asrash uchun chora izlanadi, ammo bu yechim izlash qishloq aholisi o‘rtasida turli nizolarni keltirib chiqaradi.
Matn va Foto muallifi: Coşkun Tağa
Tarjima: Charos Yoqubova