O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-112-sonli qarori ijrosini taminlash va teatrlar o’rtasidagi do’stona aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ,joriy yilning 18-oktabr sanasida Namangan viloyat musiqali drama teatri jamoasi Jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlarni viloyat teatri jamoasi musiqiy sadolar ostida ko’tarinki kayfiyatda kutib olindi. Shundan so’ng viloyat aholisi va o’quvchi yoshlar uchun Hayrullo Soliyev tomonidan sahnalashtirilgan A.P. Chexovning “ Taklif ” spektakli namoyish etildi. Spektaklda oilalardagi bo’layotgan o’zaro mehir-oqibat va yoshlarning qalbidagi muxabbatni birlashishi keng tarzda ochib berilgan. Spektaklni tomoshabinlar juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.