«Tanho yulduz» spektakli Mirzacho‘lda

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining tinib-tinchimas ijodkorlari viloyatning chekka hududlarida ham san’at ixlosmandlarini hursand qilishda davom etishmoqda.

«Tanho yulduz» ijodkorlari bu safar Mirzacho‘lda bo‘lishdi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida mirzacho‘llik san’at ixlosmandlariga rejissiyor Q.Sa’dullayev tomonidan sahnalashtirilgan N.Abbosxon muallifligidagi “Tanho yulduz” spektaklini namoyish etishdi.

Asarda insoniy munosabatlar, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ota-onalik burchlarini astoydil ado etib, e’tibordan chetda qolib ketgan tanholik iztirobida qolgan qahramonlar taqdiri yotadi.
Hayot sinovlariga sabr qilib, shukronalik hissi bilan yashagan bu insonlar taqdiri, asar so‘ngida, ezgu niyatlarining ijobati bilan yakun topadi.