Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etishda davom etmoqda.
Xabaringiz bor, may oyi respublikamizda «Teatr oyligi» deb e’lon qilindi. Bir oy davomida teatr jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosiga ko‘ra spetakllar nomish etdi.
Bugun, 30-may kuni mazkur oylik doirasidagi so‘nggi spektakl namoyish etildi. Shorustam Abidov muallifligidagi mazkur spektakl Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda 1916-yilgi Jizzax qo‘zg‘aloni voqealari aks etgan.
To‘g‘ri tanlangan aktyorlar jamoasi, ularning mohirona ijrosi sabab, tomoshabin o‘zini 1916-yilgi voqealar markaziga tushib qolgandek his qiladi. Barcha jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi.
Zalda yangragan qarsak sadolari mazur spektakl tomoshabinlar qalbini titratib yuborganidan darak beradi.