«Jizzax qo‘zg‘aloni» spetakli namoyish etildi
Jizzax viloyat drama teatrida «Teatr oyligi» qizg‘in davom etmoqda.Bugun, 26-may kuni teatr ijodiy jamoasi tomonidan «Jizzax qo‘zg‘aloni» spektakli namoyish etildi. Shorustam Abidov muallifligidagi mazkur spektakl Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, unda1916 yilgi Jizzax qo‘zg‘aloni voqealari aks etgan. Spektaklda Nikolay poshshoning mardikorlikka olish haqidagi farmoniga qarshi bosh ko‘targan jasur ajdodlarimiz — Abdurahmon jevachi, Nazirxo‘ja Eshon, To‘raqul…
