
TEATRDA YANGI SPЕKTAKL QABULI BO’LIB O’TDI
2 iyul sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida M.Mitrovichning asari asosida rejissor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Spektakl qabulida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Fatxulla Xo‘jayev, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi boshlig‘i Toxir Do‘stmuxamme dov, Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari va taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari, tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va o‘zgacha yondoshuv asosida sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.