
Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari yangi spektakl repetitsiyasi jarayonida
Yangi mavsumda qaynoq yangiliklar bilan teatr ixlosmandlarini xursand qilish maqsadida yana bir komediya janridagi asar sahna yuzini ko’rish arafasida. Tavfiq al-Hakim qalamiga mansub «Bexato otilgan o’q» asari teatrimiz bosh rejissyori Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilmoqda.