O’quvchi yoshlar bilan sahna ortiga sayohat tashkil etildi

20-avgust kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga Zarbdor tumanidagi 4-o’rta umumta’lim maktabining bir guruh faol o’quvchilari keldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, teatr truppa mudiri Abduraim Lapasov yoshlarni teatr muzeyi, sahna orti jarayonlari, faoliyati va tarixi bilan tanishtirdi.

✨ Ekskursiya davomida bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Suhbat so’ngida ijodkor o’zining «Men o’shaman» nomli to’plamini o’quvchilarga taqdim etdi. Ushbu sahna ortiga sayohat o’quvchi yoshlarga manzur bo’ldi🔥🔥🔥

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *