
📝 13-oktyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda maktab o’quvchilari ishtirokida “Til millat ko‘zgusidir” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar teatrda tashkil etilgan muzey bilan tanishtirildi. Teatrning tashkil etilishidan shu kunga qadar olib borgan faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil maʼlumot berildi. Shundan so’ng, o‘quvchilar bilan davlat tilining ahamiyati haqida suhbatlashildi.O‘quvchilar talabi bilan aktyorlar tomonidan monolog, sheʼr va spektakllardan parchalar o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Yakunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri…