📝 13-oktyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda maktab o’quvchilari ishtirokida “Til millat ko‘zgusidir” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar teatrda tashkil etilgan  muzey bilan tanishtirildi. Teatrning tashkil etilishidan shu kunga qadar olib borgan faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil maʼlumot berildi. Shundan so’ng, o‘quvchilar bilan davlat tilining ahamiyati haqida suhbatlashildi.
O‘quvchilar talabi bilan aktyorlar tomonidan monolog, sheʼr va spektakllardan parchalar o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Yakunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri Abduraim Lapasov o‘zining “Men o‘sha” nomli sheʼriy to‘plamidan har bir ishtirokchiga sovg‘a qildi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi🔥

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *