
Tadbir avvalida ishtirokchilar teatrda tashkil etilgan muzey bilan tanishtirildi. Teatrning tashkil etilishidan shu kunga qadar olib borgan faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil maʼlumot berildi. Shundan so’ng, o‘quvchilar bilan davlat tilining ahamiyati haqida suhbatlashildi.
O‘quvchilar talabi bilan aktyorlar tomonidan monolog, sheʼr va spektakllardan parchalar o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Yakunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri Abduraim Lapasov o‘zining “Men o‘sha” nomli sheʼriy to‘plamidan har bir ishtirokchiga sovg‘a qildi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi🔥





