Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun Tavfiq al-Hakim qalamiga mansub «bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.
Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda oiladagi munosabat, hurmat va o’zaro mehr-muhabbatning mustahkam bo’lishi qay darajada muhim ekanligi turli qiziqarli obrazlar va keskin burilishga ega voqeliklar bilan ochib berilgan. Namoyish etilgan ushbu sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.






