Viloyatimizning Paxtakor tumanida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan «Baxodir» spektakli namoyish etildi.

21-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Paxtakor tumanining ma’daniyat saroyida o’quvchilar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.
Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Mazkur sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *