Eramizdan avvalgi to‘rtinchi asrda Efes degan yunon shahrida Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘yildi. Usta meʼmorlar uni yuz yigirma yil davomida qurishgan edi. Rivoyatlarga ko‘ra, ustalarga maʼbudaning o‘zi ham ko‘maklashgan ekan. Ibodatxona benihoya ko‘rkam bo‘lganidan, uni dunyodagi yetti moʻjizadan biri deb atashdi. Maʼbudaga sig‘inish va inson qudratining ulug‘vorligiga tahsinlar o‘qish uchun ibodatxona bo‘sag‘asiga dunyoning har chekkasidan odamlar kela boshladi.
Ibodatxona yuz yil qad ko‘tarib turdi.
U yana ming yil turishi mumkin edi, lekin atigi yuz yil turdi. O‘sha 356-yilning mudhish kechasi Efes fuqarosi bo‘lmish Gerostrat ismli bir baqqol Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ydi.
Qadimgi yunon hokimlari o‘t qo‘ygan kishining nomi tilga olinmasin deb farmon chiqardilar.
Gerostrat unutilsin – deya talab qildilar shoxu kohinlar.
Gerostrat unutilsin – deya buyurdilar zolimlaru hokimlar. Nomi o‘chsin! unutilsin!
Biroq buyruq bilan xotirani o‘chirib bo‘larmidi?… Men shu bugungi kunda yaʼni yer kurramiz otishma va portlashlardan larzaga kelib borayotgan shafqatsizlik avj olayotgan xozirgi kunlarda o‘sha, eramizdan avvalgi to‘rtinchi asrda bo‘lib o‘tgan voqeani tobora tez-tez eslab turaman…
Rollarda: Kleon – (shahar sudyasi) B.Xolmatov, B.Eshmatov, Gerostrat – (baqqol) X.Mahmudov, J.Hazratqulov Tissafern – (Efes shahri hukmdori) S.Mustanov, S.Soliyev. Klemintina – (uning xotini) N.Mirzayeva, D.Rahmatova, Krisipp – (sudxo‘r) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar A.Lapasov, J.Isroilov Erita — (Artemida ibodaxonasi kohini) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O.Eshto‘xtarova, R.Abdullayeva Nazoratchi: (shahar qamoqxonasi nazoratchisi) O‘.Ilxomov. D.Normatov, 1- shaharlik: F.Ismoilov, S.Mustapov 2- shaharlik: E.Kengashov, M.Shayzakov. 3- shaharlik: X.Ergashov, X.Zokirov. Ommaviy sahnalarda: D.Aliyeva, Sh.Boybo‘riyeva. |
No responses yet