Joriy yilning 13-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida shahrimizdagi umumta’lim maktab o’quvchilari hamda o’qituvchilari uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektakli namoyish etildi.
Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining global muammolardan biri bo’lgan terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Hayotiy voqeliklardan iborat bo’lgan ushbu sahna asari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.








