21-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Paxtakor tumanining ma’daniyat saroyida o’quvchilar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.
Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Mazkur sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.





