«Baxodir» spektakli namoyish etildi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida shahrimizdagi umumta’lim maktab o’quvchilari hamda o’qituvchilari uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektakli namoyish etildi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining global muammolardan biri bo’lgan terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Hayotiy voqeliklardan iborat bo’lgan ushbu…

Ko'proq o'qing

Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari va ularning oila a’zolari uchun «Bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun Tavfiq al-Hakim qalamiga mansub «bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda oiladagi munosabat, hurmat va o’zaro mehr-muhabbatning mustahkam bo’lishi qay darajada muhim ekanligi turli qiziqarli obrazlar va keskin burilishga ega voqeliklar bilan ochib berilgan….

Ko'proq o'qing

Jizzax viloyatining Olmachi harbiy okrugida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida «To’da» spektakli namoyish etildi.

Joriy yilning 31-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi viloyatning Olmachi harbiy okrugida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar uchun »To’da» spektaklini namoyish etishdi.Nasurullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda global muammolardan biri bo’lgan giyohvandlik, unga bo’lgan qaramlik, ushbu illatga qarshi kurash, buning sabab va oqibatlari hikoya qilinadi. Hayotiy voqeliklardan iborat…

Ko'proq o'qing

Ozarbayjon teatridan spektakl namoyishi

Teatr san’ati doirasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda «Sahnalar do’stligi» loyihasi doirasida17-oktabr kuni Dog’iston Respublikasining Ozarbayjon davlat drama teatri ijodiy jamoasi jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurishgan edi.Mehmon ijodkorlar tomonidan 17-18-oktabr kunlari oliy ta’lim muassasasi talaba va xodimlari, teatr ixlosmandlari uchun «Вор» hamda «Умный человек» komediya spektakllari namoyish etildi. «Spektakl tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Ko'proq o'qing

Jizzax viloyat musiqali drama teatri hamda Dog’iston Respublikasining Ozarbayjon davlat drama teatri o’rtasidagi ijodiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Teatrlar aro xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va shu bilan bir qatorda «Sahnalar do’stligi» loyihasi doirasida Dog’iston Respublikasi Ozarbayjon davlat drama teatri ijodkorlari 17-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.Mehmon ijodkorlar Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan samimiy mehmondo’stlik ila kuy-qo’shiqlar ostida kutib olindi

Ko'proq o'qing

«Bexato otilgan o’q» — yangi spektakl topshirildi

🎭16-oktabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida Tavfiq al-Hakim asari asosida rejissor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Bexato otilgan o’q ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Unda san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor — Omonulla Rizayev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zDSMI professori — Maryam…

Ko'proq o'qing

📝 13-oktyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda maktab o’quvchilari ishtirokida “Til millat ko‘zgusidir” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar teatrda tashkil etilgan  muzey bilan tanishtirildi. Teatrning tashkil etilishidan shu kunga qadar olib borgan faoliyati haqida o‘quvchilarga batafsil maʼlumot berildi. Shundan so’ng, o‘quvchilar bilan davlat tilining ahamiyati haqida suhbatlashildi.O‘quvchilar talabi bilan aktyorlar tomonidan monolog, sheʼr va spektakllardan parchalar o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Yakunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri…

Ko'proq o'qing

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida nuroniylar uchun «AYOL» spektakli namoyish etildi.

Joriy yilning 12-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyat nuroniylar jamg‘armasi tashabbusi bilan bir guruh otaxon-u onaxonlarga “AYOL” spektakli namoyish etildi.Halim Ahmedova asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda O’zbek ayolining farzandlariga bo’lgan muhabbati, oilasiga sadoqati hikoya qilinadi. hayotiy voqeliklardan iborat bo’lgan ushbu sahna asari nuroniy otaxon va onaxonlarimizga manzur bo‘ldi.

Ko'proq o'qing