«Tanho yulduz» Zafarobodda

Jizzax viloyati musiqali drama teatrida «Teatr oyligi» doirasida spektakllar namoyishi davom etmoqda.
Bugun, 18-may kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida gastrol safarida bo‘ldi.

Zafarobod madaniyat saroyida rejissiyor Q.Sa’dullayev tomonidan sahnalashtirilgan N.Abbosxon muallifligidagi “Tanho yulduz” spektakli namoyish etildi.

Asarda insoniy munosabatlar, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ota-onalik burchlarini astoydil ado etib, e’tibordan chetda qolib ketgan tanholik iztirobida qolgan qahramonlar taqdiri yotadi.

Hayot sinovlariga sabr qilib, shukronalik hissi bilan yashagan bu insonlar taqdiri, asar so‘ngida, ezgu niyatlarining ijobati bilan yakun topadi.

Spektakl zafarobodlik tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Jizzax viloyat musiqali teatri jamoasi ertaga, 19-may kuni Arnasoy tumaniga jo‘nab ketadi.