2025
“Ayiq” spektakli namoyish etildi
“O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash” maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida hamda viloyat hokimining 2025-yil 4-iyundagi 01-898-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali drama teatrida 2025-yil iyun-avgust oylarida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida reja-jadval ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax…
TEATRDA YANGI SPЕKTAKL QABULI BO’LIB O’TDI
2 iyul sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida M.Mitrovichning asari asosida rejissor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Spektakl qabulida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Fatxulla Xo‘jayev, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi boshlig‘i Toxir Do‘stmuxamme dov, Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari va taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari, tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va o‘zgacha yondoshuv asosida sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.
Teatr jamoasi Zafarobod tumanida
26 — Iyun kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Zafarobod tumanida bo’lib, ushbu hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun H.Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «AYOL» nomli spektaklini namoyish etishdi. Ushbu namoyish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib ularda katta taassurot qoldirdi.
Teatr ijodkorlari Paxtakor tumanida bo’lib qaytishdi
Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari24 — iyun kuni Paxtakor tumanida bo’lib, xotin-qizlar uchun «Zo’rdan zo’r chiqsa» spektakilini namoyish etishdi.Sharof Boshbekovning asari asosida rejissyor Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu komediya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sohada o‘zining ko‘p yillik ijodiy mehnat faoliyati bilan elning hurmat – e’tiborini qozongan Ustoz va murabbiylar e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekovnining Jizzax viloyati musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatayotgan truppa mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artis, shoir Abduraim Lapasov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘ratgan artist Olya Eshto‘xtarovalarga yo‘llagan bayram tabrigi tantanali ravishda e’lon…
«Yarim tundagi o’g’irlik» asari namoyish ishlari boshlandi
Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasidan yangi spektakl namoyishi «Yarim tundagi oʻgʻirlik» ✨Asar muallifi: Miraslav MITROVICH✨ Sahnalashtiruvchi rejissyor: Umid NURMATOV
«Ayol» nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.
💫Joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan «Ayol» nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi. 🔺Mazkur spektakl Halima Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirildi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib oldindi.🔥
«AYOL» spektakliga taklif etamiz!
https://youtu.be/wDICFK5x4-0?t=4 K20-iyun, soat ⏰ 17:00 da📅 21-iyun, soat ⏰ 11:00 va 17:00 da 🔸 Asar muallifi: Halima AHMEDOVA 🔸 Sahnalashtiruvchi rejissyor: Baxtiyor TOʻRAYEV 🎟 Teatrimiz eshiklari Siz aziz tomoshabinlar uchun doimo ochiq!
«MONOLOG» spektakli Namanganda…
Avval habar berganimizdek… O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Namangan viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasi yuklangan. Joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi….
