Teatr jamoasi Zafarobod tumanida
26 — Iyun kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Zafarobod tumanida bo’lib, ushbu hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun H.Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «AYOL» nomli spektaklini namoyish etishdi. Ushbu namoyish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib ularda katta taassurot qoldirdi.